Kafedra tarixi

Kafedra 1987 yil aprel oyida kafedra sobiq Toshkent politexnika institutining Navoiy filiali tarkibida «Iqtisodiyot» kafedrasi nomi bilan tashkil topgan bo‘lib, unga ilk bor unga iqtisod fanlari nomzodi S.A.Abdullayev mudirlik qilgan. 1991-1993 yil kafedra Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining Navoiy filiali tarkibida o‘z faoliyatini davom ettirib, «Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni boshqarish» nomi bilan atala boshlandi. 1994-1995 o‘quv yili filial Toshkent davlat texnika universiteti tarkibiga o‘tganligi tufayli bo‘lgan o‘zgarishlardan keyin kafedra «Mashinasozlik iqtisodiyoti va boshqaruvi» nomi bilan o‘z faoliyatini davom ettirdi. 1995 yil iyuldan Navoiy davlat konchilik instituti tashkil etilgandan so‘ng esa shu yilning dekabr oyida qabul qilingan Nizom asosida kafedra «Iqtisodiyot va boshqaruv» nomi bilan yuritilib, iqtisod fanlari doktori, professor Ulashev I.O. boshqara boshladi. 1995-1996 o‘quv yilidan 2001-2002 o‘quv yiligacha institut tarkibida kafedra professor-o‘qituvchilari rahnamoligida Biznes-maktabi tashkil etilgan edi. 1996–1997 o‘quv yilidan boshlab, kafedra bazasida «Menejment» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlikka o‘qitish tashkil qilindi. 1999 yil institut Ilmiy kengashining qaroriga binoan kafedra «Iqtisodiyot va menejment» deb qayta nomlangan. 2000/2001 o‘quv yilida “Kasb ta'limi (menejment)” va 2004/2005 o‘quv yilidan 2012 yilgacha “Iqtisodiyot (sohalar bo‘yicha)” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 2015-2017 yillarda iqtisod fanlari doktori, dotsent Ashurova Nasiba Batirovna kafedraga rahbarlik qildi. 2017 yildan boshlab “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasini iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Baqoyev Husan Nuriddinovich kafedraga mudirlik qilmoqda. 2017 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan vaqt oraldig‘ida kafedraning ilmiy salohiyati 67 foizga yetishiga erishildi. 2018 yilda N.B.Ashurova iqtisodiyot fanlari doktorligi dissertatsiyani yoqlagan bo‘lsa, 2019 yilda R.A.Islomova, 2020 yilda H.N.Baqoyev, 2021 yilda M.K.Rashidov iqtisodiyot bo‘yicha falsafa doktorligi dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab kafedra bazasida 5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Kafedra Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, O‘zbekiston Respublikasi Soliq Akademiyasi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Buxoro davlat universiteti, Buxoro muhandis texnologiyalari instituti, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, Makroiqtisodiy tadqiqotlar va prognozlashtirish instituti kabilar bilan ilmiy-amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.