Konchilik fakulteti konchilik sohasida, xususan 4 ta yo’nalishda “Konchilik ishi” (faoliyat turlari bo’yicha), “Texnologik mashinalar va jihozlar” (konchilik), “Konchilik elektr mexanikasi” va “Noyob va radiaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi” yo’nalishlarida malakali kadrlarni tayyorlaydi. Hozirgi kunda Konchilik fakulteti dekani vazifasida texnika fanlari doktori, professor I.T.Mislibayev faoliyat yuritmoqda. Fakultetda o’quv ishlari bo’yicha dekan mouvinlari B.Z.Soliyev va S.A.Berdimurodov, Yoshlar masalalari bo’yicha dekan muovini N.O.Polvonov, Murabbiylar kengashi raisi X.Urinova, uslubiyotchi D.Polvonova, fakultet dispetcheri G.Jabbarova, hamda ish yurituvchi kotiba A.Cho’liyevalar faoliyat ko’rsatmoqda.
Tashkil topganligi |
1995-yil 7-iyul |
Fakultet tarkibi |
Kafedralar soni 5 ta
|
Professor o’qituvchilar soni |
Fakultetda 72 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Shulardan 8 ta fan doktori, 13 ta fan nomzodi, 22 ta katta o’qituvchi, 29 ta assistant. |
Talabalar soni |
1000 nafardan ortiq |
Tarixiy ma’lumotnoma |
O’zbekiston Respublikasi kon-metallurgiya sanoatini rivojlanishini ta’minlash, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sanoati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 1995-yilning 7-iyulida Navoiy Davlat Konchilik Instituti tashkil etildi. O’sha yili Konchilik fakulteti ham tashkil etilgan. Hozirgi kunda fakultet tarkibida 3 ta mutaxassislik kafedrasi va 2 ta nomutaxassislik kafedrasi faoliyat yuritmoqda. |
Yo’nalishlari |
|
Magistratura (mutaxassisligi) |
|
Ilmiy tadqiqotning asosiy yo’nalishlari |
Konchilik elektr mashinalari, Geotexnologiya, Konchilikning fizik jarayonlari |