Kafedra tarixi

1963 yilda kafedra sobiq Toshkent Politexnika institutining Navoiy shahridagi filiali tarkibida «Umumiy va anorganik kimyo» kafedrasi nomi bilan tashkil topgan bo‘lib, unga ilk bor kimyo fanlar nomzodi N.A.Xolmurodov rahbarlik qilgan. Kafedra bu davrlarda kimyo sanoati uchun ko‘plab malakali kadrlarni yetishtirib chiqardi. Dastlabki yillarda kafedra tarkibida 4 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatgan. Ulardan 1nafar fan nomzodi, 3 nafar katta o‘qituvchi lavozimida kafedrada faoliyat kursatishgan. 1970-2013 yillar davomida ushbu kafedradan 2 ta fan doktori‚ professor B.F. Muxiddinov va X.Sh.Baxronov xamda 6 ta fan nomzodi yetishib chiqqan: dotsentlar X.Sh. Baxronov‚ S. Yangiboyev‚ T.T. Xasanov‚ B.B. Sobirov, R.M. Turdiyeva va X.M.Vapoyev. 1971-1977 yillarda ta'lim olgan talabalarimizdan t.f.n. T.M. Saidov va U.X. Xasanovlar Navoiyazot XJ ning rivojlanishiga o‘z bilimi va tajribasini qo‘shish bilan birgalikda ko‘p yillardan beri shu korxonaning raxbarlik lavozimlarida ham ishlab kelishgan. Bundan tashkari X.M.Farmonov, J.Rizayev, F.N.Xolmurodov, F.Sh.Baxronov, R.Tuxtamishev, F.B.Suvonov kabi sobik talabalarimiz «Navoiyazot» AJ ning turli tarmoklarida bo‘lim boshlig‘i va raxbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. 1986-1990 yildan kafedra «Kimyo va kimyoviy texnologiya» kafedrasi nomi bilan ish boshlagan, unga kimyo fanlari nomzodi T.Tajiyev rahbarlik qilgan. 1991 – 1995 yili Buxoro oziq ovqat va yengil sanoati institutning Navoiy filiali bo‘lgandan keyin kafedraga dots. B.F.Muxiddinov rahbarlik qilgan. 1995 yil iyuldan Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov farmoniga binoan Navoiy davlat konchilik instituti tashkil etilgandan so‘ng dots. Muxiddinov fakulьtet dekani lavozimiga o‘tganligi munosabati bilan prof. N.A.Raxmatov kafedra mudiri etib tayinlangan. 1996 - 1997 o‘quv yilidan boshlab, kafedra bazasida V 5522400 «Kimyoviy texnologiya va biotexnologiya» yunalishi buyicha bakalavrlikka o‘qitish tashkil qilinib, joriy o‘quv yilida kunduzgi va sirtki bo‘limda 75 nafar yoshlar o‘qib bitirishgan. 1997 – 1999 yillar kafedraga dots. S.Ya. Yangiboyev rahbarlik qildi. Shu yillar mobaynida 250 nafar talaba yoshlar «Kimyoviy texnologiya va biotexnologiya» yo‘nalishning kunduzgi va sirtki bo‘limlarida o‘qib muvaffakiyatli tugallashdi. 1999-2001 yillarda dots. B.B.Sobirov kafedraga raxbarlik kildi va kafedra saloxiyatini ko‘tarish maqsadida, O‘zRFA «Umumiy va noorganik kimyo» institutidan texnika fanlari nomzodlari T.I.Nurmurodov va F.E.Umirovlar taklif qilindi. 2001-2003 o‘quv yillarda dots. T.I.Nurmurodov kafedraga raxbarlik kildi. 2003 yili kafedra dotsenti F.E.Umirov Moskva geologiya - qidiruv universitetida 1 oylik malaka oshirib keldi. U yerda o‘rgangan o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiya usullarini «Kimyoviy texnologiya» yunalishida o‘qiydigan talabalariga saboq berishda qo‘llab kelmokda. 2003-2005 yillarda kafedrani prof. B.F.Muxiddinov boshqardi. U rahbarligida «Yukori molekulyar birikmalar kimyoviy texnologiyasi» yo‘nalishi bo‘yicha magistratura tashkil etildi, o‘sha yilda 3 talaba o‘qishga qabul qilindi.