Kafedra tarixi

1975 yildan boshlab, Navoiy shahrida Toshkent politexnika institutining kechki fakulteti ochilib, 0501- "Mashinasozlik texnologiyasi, metall qirquvchi dastgohlar va asbob-uskunalar" ixtisosligi bo’yicha talabalar o’qitila boshlagan va bu ixtisoslik "Umumtexnika fanlari" kafedrasi tarkibida bo’lgan. 1981 yilda "Umumtexnika fanlari" kafedrasi ikkiga bo’linib, "Tadbiqiy mexanika" va "Mashinasozlik texnologiyasi" kafedrasi tashkil topgan. Kafedraga birinchi bo’lib texnika fanlari nomzodi, dotsent Nariman Sharipovich Muxitdinov mudirlik qilgan. 1987 yildan 1990 yilgacha esa texnika fanlari nomzodi, dotsent Toir Abdusaidovich Muxitdinov mudirlik qilgan. 1994 yildan 1995 yilning aprel oyigacha texnika fanlari nomzodi, dotsent Toir Abdusaidovich Muxitdinov mudirlik qilgan. 1996-1997 o’quv yilidan boshlab kafedra nomi "Texnologik mashina va uskunalar" bo’lib o’zgartirilgan. 1998 yil noyabr oyidan 2006 yil aprel oyigacha "Texnologik mashina va uskunalar" kafedrasiga texnika fanlari nomzodi, dotsent Karibek Tagayevich Sherov kafedra mudiri bo’lib faoliyat ko’rsatgan. 2006 yil aprel oyidan 2011 yilgacha "Mashinasozlik texnologiyasi" kafedrasini dotsent I.Q.Qushnazarov boshqardi. 2012 yildan 2014 yilgacha "Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishni avtomatlashtirish" kafedrasini dotsent X.I.Axmedov boshqardi. 2014 yildan 2017 yilgacha "Mashinasozlik texnologiyasi" kafedrasini dotsent I.P.Egamberdiyev boshqardi. Kafedrani 2018 yildan boshlab dotsent X.I.Axmedov boshqarib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-til 6-iyunda PQ-3775 – sonli qarorining 7-bandida qo’shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash belgilab quyilgan. Shu asosda Kazan davlat universiteti va Vladimir davlat universiteti bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. Rossiya Federatsiyasining Vladimir davlat universiteti va Kazan davlat universiteti bilan 2019-yil umumiy shartnoma tuzilgan. 2020-yil umumiy shartnomani amalga oshirish bo’yicha “Yo’l xarita” tasdiqlangan. 2019 yil “2+2” bakalavr, formatlarda qo’shma ta’lim dasturi asosida kadrlarl tayyorlashni yo’lga quyish bo’yicha “Kelishuv” imzolangan va unga qo’shimcha ravishda talabalar o’qishga qabul qilish bo’yicha “Tartib” tasdiqlangan va 2019-2020 o’quv yilida 11 nafar talaba 2+2 sxemasi bilan qabul qilindi va hozirda ta’lim olmoqda.