Kafedra tarixi

“Agar tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda fizika fani fundamental asos bo‘lganini ko‘ramiz. Haqiqatan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo‘lmaydi” Sh.M.Mirziyoyev. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Fizika tabiatdagi barcha hodisa va qonuniyatlarni o’rganadigan asosiy fanlardan biridir. U hozirgi kunda zamonaviy muhandislik va ishlab chiqarish texnologiyalarining nazariy asosi bo’lganligi uchun barcha texnik mutaxassislik talabalari uchun muhim fan hisoblanadi. Har qanday sanoat ishlab chiqarishini fizikaviy hodisalar va qonuniyatlarga asoslangan texnik qurilmalarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. “Umumiy fizika” kafedrasi 1973 yilda Navoiy shahridagi Toshkent politexnika institutining umumtexnika fakulteti negizida tashkil etilgan bo’lib, uning asosiy vazifasi hududda konchilik, metallurgiya va kimyo sanoati uchun yetuk mutaxassisliklarni tayyorlashdan iborat bo’lgan. O’zbekiston mustaqillika erishgunga qadar kafedrada S.Rakovitskiy, Q.Qosimov, O.Mamanov, A.Verteyeva, P.Musayev, X.Axmedov, E.To’rayev, N.Kamolov, S..Bozorova, M.Doniyev va U.Amonovlar kabi o’qituvchilar talabalarga saboq berishgan. Bugungi kunda kafedrada prof. S.Bozorova, dotsentlar I.Urunov, J.Nazarov, L.Zoirova, G.Allaberganova, katta o’qituvchilar Z.Husanov, F.Jurayev, F Xashimova, assistentlar B.Nosirov, A.Jo’raqulov, F.Baychayev, Yu.Mardonova hamda kabinet mudiri T.Sharipova, laborantlar I.Berdiyeva, M, Sh.Sattorovalar faoliyat yuritib kelishmoqda . 2017 yilning boshlab kafedrani f-m.f.n. dots.I.O.Urunov boshqarib kelmoqda. Kafedrada multimedia uskunalari bilan jihozlangan o’quv-amaliyot xonalari, shuningdek fizikaning noyob tajribalari to’plamiga ega namoyish xonalari mavjud. 2017 yilda kafedraning “Mexanika va molekulyar fizika”, “Elektr va magnetizm”, “Optika va atom yadrosi fizikasi” laboratoriya xonalari Germaniyaning “PHYWE” asbob uskunalari bilan to’liq qayta jihozlandi. “Umumiy fizika” kafedrasida talabalar “Kvant” va “Yosh elektrotexiklar” kabi ilmiy va oquv to’garaklarida faoliyat olib borishmoqda. Unda talabalar konchilik, metallaurgiya, elektr energetika, avtomatika va kimyo sanoatidagi oid bo’lgan yo’nalishlarda o’z bilim va taribalarni oshiradilar hamda turli ilmiy loyihalarga qatnashadilar.