Yoshlar ittifoqi

 Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida bugungi kunda 6 ming nafarga yaqin talaba tahsil olayotgan bo‘lib, universitetda yoshlarning o‘zini o‘zi boshqarish tashkiloti sifatida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Boshlang‘ich tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Universitetda yoshlar tashkiloti uchun alohida xona ajratilgan bo‘lib, yoshlar yetakchilari talabalar bilan erkin muloqot olib borishi, murojaatlarni tinglash, yig‘ilishlar o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Bugungi kunda boshlang‘ich tashkilot qoshida talabalarning tashabbusi bilan “Talaba ovozi”,  ansambili, “Parvoz” talabalar teatr studiyasi, “Talablarga binoan talabalar —  Bundan tashqari, universitet Yoshlar ittifoqi tarkibida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida yetakchilar faoliyat olib bormoqda. Xususan, talabalar murojaatlari bilan ishlash yetakchisi, ijtimoiy himoyaga muhtoj va jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar bilan ishlash yetakchisi, sport-salomatlik   yo‘nalishi yetakchisi,  ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar turizmi yetakchisi, ta’lim tizimini monitoring qilish yo‘nalishi yetakchisi, tashabbus va yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishi yetakchisi, faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi, muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlashyo‘nalishi yetakchisi vazifalari belgilangan.

Oliygohda 2021\2022 o‘quv yilida chin yetim talabalar 6 nafar, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari 8 nafar, otasi yoki onasi yo‘q talabalar 182 nafar, nogironligi bo‘lgan talabalar 42 nafarni tashkil etib, universitet yoshlar tashkiloti aralashuvi bilan  ijtimoiy himoyaga muhtoj 116 nafar talabaning to‘lov-shartnoma pullari  “Yoshlar daftari” hamda  mahalliy hokimliklar orqali va OTM tomonidan qoplab to‘lab berildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, imtiyoz bilan OTMga o‘qishga kirgan va o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 71 foiz va undan yuqori bo‘lgan 9 nafar talabaga shartnoma to‘lovining 35 foiz miqdori — 29 272 520 (yigirma to‘qqiz million ikki yuz yetmish ikki ming besh yuz yigirma) so‘m mablag‘ O‘zbekiston  Yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berildi.

Boshlang‘ich tashkilot ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi  rasmiy sahifalariga ega va muntazam ravishda mazkur sahifalarga yangilik va xabarlar joylashtirilib borilayapti:

“Telegram” tarmog‘ida — https://t.me/ndki_yi 

“Instagram” tarmog‘ida — https://www.instagram.com/ndktu_yi/

“Yutub” tarmog‘ida — https://www.youtube.com/channel/UC9IwAZ8gojEs-IDD-yNJ-1VQ

“Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘ida —https://www.facebook.com/profile.ph-p?id=100078030049631